“MONEYFEST TURAN” MChJning to‘lov va pul mablag‘larini qaytarish qoidalari
- Xizmatlar narxi va to‘lov tartibi
-
- Shartnoma bo‘yicha axborot-konsalting xizmatlarining narxi mf-turan.uz/ saytida ko‘rsatiladi va Ijrochi tomonidan istalgan vaqtda bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin. Yangi narx e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va e’lon qilingan paytga kelib to‘langan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
- Tanlangan xizmatning to‘lovi Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga oldindan to‘lov sifatida xizmatlar narxining 100% miqdorida mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Agar to‘lov xizmat narxidan kam miqdorda tushsa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
- Buyurtmachi, kredit tashkiloti bilan iste’mol krediti shartnomasini tuzish orqali Ijrochining xizmatlarini muddatli to‘lashga (bo‘lib-bo‘lib to‘lashga) haqlidir.
- To‘lov vaqti sifatida Ijrochining hisob raqamiga mablag‘lar tushgan vaqt hisoblanadi.
- To‘lov usullari:
- Obuna bo‘yicha obuna to‘lovi (abonent to‘lovi).
- Buyurtmchi har bir hisob-kitob davri (Xizmatni buyurtirishning dastlabki muddatiga teng) uchun Ijrochi tomonidan to‘lov kuni belgilangan Obuna bo‘yicha avtomatik uzaytirish shartlari asosida davriy obuna to‘lovini undirishga Ijrochiga ruxsat beradi. Standart hisob-kitob davri (Obuna oyi) 30 kunga teng.
- Ijrochi, Buyurtmachiga standart yoki maxsus narxlarda uzroq hisob-kitob davriga (masalan, 90, 180, 360 kun) ega bo‘lgan Obunani sotib olish imkoniyatini berish huquqiga ega. Hisob-kitob davrining mumkin bo‘lgan uzunligini Ijrochi mustaqil ravishda belgilaydi.
- Buyurtmachi har bir hisob-kitob davri uchun oldindan to‘lov shartlari asosida Obunani to‘laydi. Obunaning yangi davri uchun mablag‘lar Obuna muddati tugaganidan keyingi kuni avtomatik ravishda yechib olinadi. Buyurtmachi to‘lov muddatlarini o‘z vaqtida nazorat qilish majburiyatini oladi.
- Buyurtmachi Obunani avtomatik uzaytirish doirasida Buyurtmachining bank hisobvarag‘idan (Shaxsiy kabinetda biriktirilgan bank kartasidan) mablag‘larning avtomatik yechib olinishiga rozilik beradi.
- Agar avtomatik yechib olish paytida Buyurtmachining bank hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lmasa, avtomatik yechib olish urinishi birinchi urinish sanasidan bir kun o‘tganidan keyin takrorlanadi, lekin 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
- Agar Foydalanuvchi Obunaning yangi hisob-kitob davrini to‘liq to‘lamagan bo‘lsa, Obunaga kirish to‘langan muddat tugagandan keyingi kunda o‘chiriladi.
- Pul mablag'larini qaytarish shartlari va tartibi
- Ijrochi tomonidan pul mablag‘larini qaytarish Buyurtmachining finance.mf.uz1@gmail.com elektron manziliga yuborilgan arizasi asosida amalga oshiriladi. Ariza xizmatlar ko‘rsatish muddati tugagunga qadar yuborilishi kerak. Ijrochi pul mablag‘larini qaytarishda, 8.2-band qoidalariga muvofiq, qaytarish vaqtidagi amaliy xarajatlar miqdorini chegirib qo‘ygan holda qaytarishni amalga oshiradi.
- Ijrochining amaliy xarajatlariga (lekin ular bilan cheklanmaydi) pul mablagʻlarini qaytarish jarayonidagi banklar, kredit tashkilotlari va tegishli toʻlov tizimlarining komissiyalari, oʻquv dasturida ishtirok etgan Ijrochi xodimlari va Ijrochilarning ish haqi, taʻlim jarayonida Ijrochi tomonidan ishlatilgan dasturiy taʻminot yoki uchinchi shaxslar xizmatlari uchun qilingan xarajatlar, buyurtmachiga taqdim etilgan bonus materiallar qiymati kiradi. Shuningdek, amaliy xarajatlarga quyidagilar ham kiradi: buyurtmachiga taqdim etilgan oʻquv materiallari qiymati, Ijrochi tomonidan tashkil etilgan darslar va boshqa onlayn uchrashuvlar narxi – hatto Buyurtmachi materiallardan foydalanmagan yoki darslarda ishtirok etmagan boʻlsa ham (agar buning uchun mantiqiy sabab boʻlmasa).
| Mutaxassis bilan individual darslar "Mutaxassisning individual hamrohligi" | Guruh darslari "Savdo ustaxonasi. Amaliyot va daromad" | ||
| o‘tilgan ta’lim oylari soni | o‘tilgan ta’lim narxi (W), so’m | o‘tilgan ta’lim oylari soni | o‘tilgan ta’lim narxi (W), so’m |
| 1 | 82398999 | 1 | 31310499 |
| 2 | 123598999 | 2 | 41198999 |
| 3 | 164798999 | 3 | 54158999 |
| 4 | 197758999 | 4 | 65918999 |
| 5 | 247198999 | 5 | 69549999 |
| 6 | 313118999 | 6 | 74158999 |
| 7 | 346078999 | 7 | 84158999 |
| 8 | 362558999 | 8 | 90638999 |
| 9 | 395518999 | 9 | 99499999 |
| 10 | 428478999 | 10 | 107118999 |
| 11 | 477918999 | 11 | 109118999 |
| 12 | 515822499 | 12 | 115358999 |
- Pul mablag‘larini qaytarish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror Ijrochi tomonidan Buyurtmachining arizasini olgan kundan boshlab 10 (o‘n) kun ichida qabul qilinadi.
- Xizmatlar ko‘rsatilishi tugagandan so‘ng Buyurtmachi tomonidan bildirilgan to‘lov summasi qaytarilishi talabi, agar Buyurtmachi sotib olingan xizmatlar paketiga kiruvchi tegishli xizmat Ijrochi aybiga ko‘ra ko‘rsatilmagan (yoki yetarli sifatda ko‘rsatilmagan)ligini tasdiqlovchi yozma dalillarni taqdim etsa, Ijrochi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar sotib olingan xizmatlarning tegishli bo‘limi ko‘rsatilmaganligi (yoki sifat ko‘rsatilmaganligi) aniqlansa, Ijrochi 8.2-band qoidalariga muvofiq, qaytarish vaqtidagi amaliy xarajatlar miqdorini chegirib qo‘ygan holda pul mablag‘larini qaytaradi.
- Ijrochi, Buyurtmachi tomonidan Ijrochiga yoki o‘quv dasturining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsiz munosabat bildirilgan taqdirda, Buyurtmachining pul mablag‘larini qaytarish so‘rovini rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
- Qaytarish to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, Buyurtmachiga o'quv materiallariga kirish huquqi Ijrochi tomonidan qaytarish to'g'risidagi qaror yuborilgan kundan boshlab 1 (bir) ish kunida to'xtatiladi. Ko'rsatilgan qaytarish talabi, shuningdek, 1.2-bandda ko'rsatilgan oldindan berilgan qabul qilish (aktsept)ning bekor qilinishi hisoblanadi.
- Foydalanuvchi Obunani avtomatik uzaytirishdan bosh tortishi mumkin. Bunday holda, Obuna Buyurtmachiga Shartnomadagi shartlariga muvofiq, Obuna turiga qarab, joriy toʻlangan Obuna muddati tugaguncha taqdim etiladi. Yangi hisob-kitob davri uchun pul mablagʻlari undirilmaydi. Obunani keyingi hisob-kitob davri uchun avtomatik uzaytirishdan bosh tortish joriy hisob-kitob davrining soʻnggi kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin.
- Obunani avtomatik uzaytirishdan bosh tartish tartibi.
- Foydalanuvchi Obunani avtomatik uzaytirishni Internet-saytda Shaxsiy kabinet orqali o‘chiradi. Buning uchun Foydalanuvchi avtorizatsiyadan o‘tishi va “Mening xaridlarim” – “[Sotib olingan mahsulotlar]” – “Xarid” – “Uzaytirish” bo‘limi orqali “Avtomatik uzaytirish” belgisini olib tashlashi kerak.